Sifat andazalari

Sifat andazalari

Sifat andazalari

LADA RASMIY SERVIS MARKAZLARI INFRATUZILMASI

«ROODELL» MCHJning sifat borasidagi Siyosatiga muvofiq savdo jarayonlari va servis bo‘yicha xizmat ko‘rsatishdan iste'molchilar mamnunligi darajasini oshirish ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Aynan shuning uchun ham biz LADA Rasmiy Servis Markaziga tashrifingizdan keyin sizda faqat eng yoqimli xotiralar qolishi uchun bor imkoniyatlarni ishga solamiz. «ROODELL» MCHJ standartlariga muvofiq barpo etilgan va uning talablariga javob beradigan zamonaviy dilerlik markazi quyidagi afzalliklarga ega:


- qulay kirish yo‘laklari va keng parkovkalar;
- Servis markazi ichida oson yo‘l topish uchun navigatsion peshlavhalar;
- mijozlar uchun yumshoq mebel, wi-fi, televizor va eng so‘nggi gazeta-jurnallar bilan ta'minlangan kutish hududlari;
- vifeoekran yoki shaffof to‘siq orqali avtomobilingizni ta'mirlash jarayonini kuzatish imkoni;
- maxsus ajratilgan bolalar o‘yin maydonchalari;
- ta'mirlash to‘lovini bank kartasi orqali amalga oshirish imkoni.

LADA RASMIY SERVIS MARKAZLARIDA XIZMAT KO‘RSATISH JARAYONLARI

LADA rasmiy servis markazlarida xizmat ko‘rsatish jarayonlari xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan va butun Servis-savdo markazlari tarmog‘i bo‘yicha takomillashtirilib, joriy etishda davom etilmoqda. LADA avtomobillariga xizmat ko‘rsatish Jarayonlarining asosiy bosqichlari – bu:


- texnik ko‘rik va ta'mirlashga oldindan yozilishni telefon orqali ham, Lada.ru sayti va Rasmiy dilerlar saytlari orqali ham amalga oshirish imkonining mavjudligi;
- uchrashuv haqida mijozga bir kun avval eslatib qo‘yish;
- mijozni kutib olish (kelganligini qayd etish, kech qolayotgan mijozlar bilan aloqaga chiqish);
- avtomobilni ta'mirlash uchun dialog orqali qabul qilish;
- xizmatlar paketi kompleksi va xizmat ko‘rsatish muddatini kelishib olish;
- ta'mirlash jarayonida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni kelishib olish;
- avtomobil va hujjatlarni topshirishga tayyorlash;
- ishlar tugaganligi va avtomobil topshirishga tayyorligi haqida mijozga xabar berish;
- to‘lovga nimalar kiritilganligini tushuntirish va bajarilgan ishlarni ko‘rsatgan holda avtomobilni egasiga shaxsan topshirish.

LADA rasmiy servisida xizmat ko‘rsatish afzalliklariga quyidagilar ham kiradi:


- Servis markazlari ish tartibining qulayligi, jumladan dam olish kunlarida ham ishlashi;
- oldindan yozilmasdan ham avtomobilni qoldirib ketish imkoni, bunda avtomobil Servis markazining qo‘riqlanadigan parkovkasida qoldiriladi;
- avtomobil harakatlana olmay qolganda, uni Servis markaziga yetkazish;
- ishlar tugashini kutib turish vaqtida yangi LADA modellarini test-drayvdan o‘tkazish.

MUNTAZAM YAXSHILAB BORISH

Ishlarimiz haqida iste'molchilar bildirgan fikrlar biz uchun o‘ta muhim, shuning uchun ham biz LADA servis markazlariga tashrif buyurgan mijozlar fikrini o‘rganamiz va olingan ma'lumotlarga asoslangan holda ta'mirlash texnologiyasi va xizmat ko‘rsatish jarayonlariga o‘zgarishlar kiritamiz.

 

O‘z avtomobilingizni LADA Rasmiy Servisiga topshirish natijasida siz sifat kafolati va oqilona narxlarda munosib qulaylikka ega bo‘lasiz.

LADA Rasmiy Servis markazlarida sizni ko‘rishdan biz doim mamnunmiz!

Xodimlar

O‘quv markazida muntazam ravishda maxsus tayyorlovdan o‘tadigan yuqori malakali xodimlar LADA servis markazlarida Siz va Sizning avtomobilingizga xizmat ko‘rsatishga doim tayyor.

Rasmiy dilerlik markazlari xodimlarini o‘qitish dasturi LADA avtomobillariga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalari, turli treninglar, seminarlar, sinovdan o‘tkazish kabilarni o‘z ichiga oladi va sinov natijalariga ko‘ra Servis markazlari xodimlari sertifikatlarga ega bo‘lishadi.

Servis markazlarimizda sizni xushmuomala administrator va tajribali usta-konsultantlar kutib olib, sizning yoningizda avtomobilni qabul qilishadi va dastlabki diagnostika ishlarini amalga oshirishadi.

Malakali mexaniklar aynan LADA avtomobillari uchun mos bo‘lgan zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalar va asboblardan foydalangan holda avtomobilingizni sifatli ta'mirlab beradilar.

LADA servis markazi xodimlari korporativ standartlarga, xizmat ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek, Mijozlar bilan ishlashning maxsus ishlab chiqilgan asosiy tamoyillariga amal qiladi:
1. Kafolat bo‘yicha ta'mirlash zarur bo‘lgan taqdirda biz 48 soatdan kechiktirmay uchrashuv tayinlashni taklif qilamiz. Avtomobil mustaqil harakatlana olmaydigan hollarda esa - darhol.
2. Biz avtomobilni mijoz bilan kelishilgan muddatda qabul qilamiz va qaytaramiz.
3. Avtomobilni mijozning oldida tekshiramiz. Qabul qilish vaqtida mijoz bilan birga mashinani ko‘zdan kechiramiz. Dialog olib boramiz, harakatlarimizni tushuntiramiz.
4. Biz Mijozga ishning taxminiy qiymati haqida ma'lumot beramiz.
5. Hujjatlarda ishning taxminiy muddati va topshirish vaqtini ko‘rsatamiz. Biz mijozlarga avtomobilni ta'mirlashga qoldirish vaqtida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va buyurtma-naryadni imzolashni taklif qilamiz. Nusxalarini mijozga topshiramiz. .
6. Biz bajarilgan ishlarning sifati va to‘liqligini nazorat qilamiz.
7. Biz mijozga avtomobilning tayyorligi yoki uni topshirish vaqti kechikishi mumkinligi haqida xabar beramiz.
8. Biz bajarilgan ishlar, buyurtma-naryad, ishlar narxi bo‘yicha tushuntirishlar beramiz, shuningdek, keyingi texnik xizmat ko‘rsatish yoki ta'mirlash bo‘yicha tavsiyalar beramiz.
9. Biz mijozni mashinagacha kuzatib boramiz, unga tashrif qog‘ozimizni beramiz.
10. Avtomobil topshirilgandan keyin 3 kun o‘tgach, Mijozga qo‘ng‘iroq qilib, bajarilgan ishlardan mamnun ekanligi haqida so‘raymiz.

Sizni LADA servis markazlarida ko‘rishdan doim mamnunmiz!

Uskuna va jixozlar

Zamonaviy LADA avtomobili eng so‘nggi xavfsizlik talablariga javob beradigan yuqori texnologiyali mahsulotdir.

Faqat rasmiy dilerlik markazidagina siz sotuvdan keyingi xizmat yuqori darajada ko‘rsatilishiga ishonishingiz mumkin.

LADA servis markazlari standartlarga muvofiq jihozlangan bo‘lib, bu har qanday murakkablikdagi diagnostika, texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlarini sifat va ish muddatlariga qo‘yilgan eng yuqori talablarga muvofiq amalga oshirish imkonini beradi. Xodimlar muntazam ravishda o‘qitiladi va sertifikatsiyadan o‘tkaziladi, bu ta'mirlash jarayonida maxsus asboblarni qo‘llash bilan birgalikda ishlab chiqaruvchi zavodning texnik sharoitlar va talablariga muvofiq bajarilgan ishlar sifatini kafolatlaydi.

Hatto minimal standartlarga ko‘ra ham, har bir servis markazida avtomobil dialog orqali qabul qilinadi va unda avtomobil yuvish shahobchasi, umumiy ta'mirlash va diagnostika postlari, maxsus asboblar, g‘ildiraklarni avtomobil kuzoviga nisbatan sozlash va shinalarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni bajarish stendlari, avtomobil xavfsizligiga ta'sir qiluvchi parametrlarni tekshirish uchun tormoz stendlari mavjud.

Sifat kafolati

LADA rasmiy servis markazini tanlaganingizni qadrlaymiz va sifatli xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaymiz!

LADA servisi sifat kafolati — bu texnologik jarayonlarga, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati standartlariga, shuningdek, «ROODELL» MCHJning xodimlar malakasi, qo‘llanadigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallarga bo‘lgan talablariga qat'iy rioya qilish demak.

LADA servisining tarkibiy qismlari

Original ehtiyot qismlar
Avtomobilingizga xizmat ko‘rsatishda LADA servis markazlari faqat tavsiya etilgan narxlardagi original ehtiyot qismlardan foydalanadi. Avtomobilni yig‘ish paytida aynan shunday detallar o‘rnatiladi.

Bajarilgan ishlarning sifat kafolati
Vakolatga ega LADA servis markazlariga murojaat qilar ekansiz, sizga barcha turdagi ishlar uchun rasmiy kafolat taqdim etiladi va avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatishda barcha texnologik talablarga to‘liq rioya qilinishidan xotirjam bo‘lishingiz mumkin.

Rasmiy LADA servisi bajarilgan ishlarning sifati uchun kafolat beradi:
Texnik ko‘rik — 20 kun
Avtomobilni, uzelni yoki agregatni joriy ta'mirlash — 30 kun
Uzelni yoki agregatni kapital ta'mirlash — 6 oy
Shakli buzilgan joylarni tekislash va payvandlash ishlari — 6 oy
To‘liq yoki qisman bo‘yash va korroziyaga qarshi ishlov berish — 6 oy

To‘liq hujjatlar to‘plami
LADA servis markazlari mijozlariga to‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etiladi, bu ta'mirlash uchun ariza (unda mijozning xohish-istaklari inobatga olinadi, ish va materiallarning, ehtiyot qismlarning taxminiy qiymati ko‘rsatiladi), avtomobilni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va ish tugagandan so‘ng — bajarilgan ishlar, materiallar va ehtiyot qismlarning aniq narxini aks ettiruvchi buyurtma-naryaddan iborat. Shuningdek, barcha mijozlarga to‘lov hujjatlari (kassa cheki yoki kvitansiya) ham taqdim etiladi.

Ishlab chiqaruvchi nazorati
Ishlab chiqaruvchi zavod xodimlari uskunalar va maxsus asboblarning holati va mavjudligi, servis markazi xodimlarining bilimlari va ularni amalda qo‘llashi, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy standartlariga muvofiqligini tekshirgan holda LADA servis markazlari ishini doimiy ravishda nazorat qilib boradi. «ROODELL» MCHJ rahbarlari va Dilerlik markazlari egalari uchun eng muhim ko‘rsatkichlar – mijozning xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash sifati bo‘yicha fikri bo‘lib, mijoz mamnun bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

Xizmat sifati haqidagi fikringiz biz uchun Muhim.
LADA servisi mutaxassislari:
- tashrifingizdan so‘ng, xizmatdan qoniqqaningizga ishonch hosil qilish uchun siz bilan albatta bog‘lanishadi;
- barcha murojaat yoki qo‘ng‘iroqlaringizga javob berishadi;
- kechikishlar, o‘zgarishlar va sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan boshqa tafsilotlar haqida ma'lumot berishadi;
- xizmat ko‘rsatilganidan keyin barcha xarajatlar bo‘yicha batafsil ma'lumot va tushuntirishlarni taqdim etishadi.

Avtoservisga yozilish

Dilerni tanlang
Model
  • Vesta SW
  • Vesta SW Cross
  • XRAY Cross
  • Yangi Largus Cross
  • Niva Legend 3 дв.
  • Niva Travel
Ism
Familiya
Telefon
E-mail

Xabar yuborish orqali men o'z roziligimni beraman va "Roodell" MChJga, shuningdek uchinchi shaxslarga shaxsiy ma'lumotlarimni (familiyasi, ismi, otasining ismi, yili, oyi, tug'ilgan sanasi va joyi) qayta ishlashga ruxsat beraman. pasport raqami va pasport berilgan sana to'g'risidagi ma'lumotlar va uni bergan organ; ma'lumot, kasb, ish joyi va lavozimi; uy, ish va mobil telefonlar; elektron pochta manzili va xabar yuborish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlar), potentsial qiziqtirishi mumkin bo'lgan tovarlar va xizmatlar to'g'risida ma'lumot berish, shuningdek yig'ish va statistik ma'lumotlarni qayta ishlash va marketing tadqiqotlarini o'tkazish. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga yuqoridagi shartlarga muvofiq 10 (o'n) yil davomida rozilik beraman. Menga xabar beriladi va men rozilikni qo'shimchalar ro'yxati bilan ro'yxatdan o'tgan pochta orqali yozma ariza yuborish yoki imzolashga shaxsan topshirish orqali qaytarib olishim mumkinligiga roziman.