Kafolat

Avtomobil sizning ishonchli va sodiq yordamchingiz bo'ladi. Biz kafolat beradi

Kafolat majburiyatlari quyidagi hollarda amal qiladi

  • Iste'molchi tomonidan LADA rasmiy servisida Rejaviy texnik ko‘rikdan (TK) o‘tish va avtomobil kuzovining lak-bo‘yoq va korroziyaga qarshi qoplamasidagi nuqsonlarni aniqlash bo‘yicha tekshirish ishlari o‘z vaqtida va majburiy bajarilganda
  • «Servis kitobchasi», «Kafolat taloni» mavjud bo‘lganda va ularning talablariga rioya qilinganda (ular yo‘qolgan yoki zarar yetgan taqdirda zudlik bilan rasmiy LADA servisiga murojaat qilishingiz kerak).
  • «Ekspluatatsiya bo‘yicha qo‘llanma» talablariga rioya qilinganda
  • Rasmiy LADA servisida aniqlangan boshqa nosozliklar o‘z vaqtida bartaraf etilganda
  • Yuqori sifatli avtoqismlar, sarf materiallari va yoqilg‘idan foydalanilganda

Avtomobildagi nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha yakuniy qaror Rasmiy LADA servisi tomonidan qabul qilinadi

- servis kitobchasi va Ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomada nazarda tutilgan avtomobil ekspluatatsiyasi, parvarishi va/yoki texnik xizmat ko‘rsatish shartlari va qoidalari buzilganda (amal qilinmaganda), shu jumladan, Servis kitobchasi talablariga muvofiq rasmiy xizmat ko‘rsatish stansiyalarida texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasa (o‘z vaqtida o‘tkazilmasa), aniqlangan nuqsonni bartaraf etish uchun avtomobil o‘z vaqtida olib kelinmasa, nosozlik belgilari mavjud bo‘lganda ham avtomobil ekspluatatsiya qilinsa va bu nuqson yuzaga kelishi yoki nosozlik (nuqson)ning oshishiga olib kelsa;

- dasturiy ta'minotga, zavod sozlamalariga, elektron boshqaruv bloklarining parametrlariga o‘zgartirishlar kiritilsa va bu nuqson yuzaga kelishiga (bevosita yoki bilvosita) sabab bo‘lsa yoki nosozlik (nuqson)ning oshishiga olib kelsa;

- odometr ko‘rsatkichidagi bosib o‘tilgan masofa yoki ishlab chiqaruvchi o‘rnatgan boshqa qurilmalardagi ma'lumotlar ruxsatsiz o‘zgartirilsa;

- mexanik ta'sir, shu jumladan yo‘l-transport hodisasi natijasida kuzovning tutib turuvchi elementlariga yetkazilgan, chunonchi, iste'molchi tomonidan avval bartaraf etilgan shikast, agar bu nuqson yuzaga kelishiga (bevosita yoki bilvosita) sabab bo‘lsa yoki nosozlik (nuqson)ning oshishiga olib kelsa;

- gaz ballonli uskuna o‘rnatilsa, avtomobilning standart komplektatsiyasiga kiruvchi uskunalar bundan mustasno, agar bu nuqson yuzaga kelishiga (bevosita yoki bilvosita) sabab bo‘lsa yoki nosozlik (nuqson)ning oshishiga olib kelsa;

- avtomobil tizimlarining boshqaruv elementlari, avtomobil interyeri va eksteryerining qismlari va uzellari (o‘chirib-yoqish va o‘zgartirish tugmalari, rul chambaragi, dastaklar, tutqichlar va boshqalar yuzalari) ishqalanishi va deformatsiyasida;

- avtomobilning funksional xususiyatlari, uzellari va agregatlarining ishlashiga ta'sir qilmaydigan tovushlar, shovqin, chiyillash yoki vibratsiyada;

- butlovchi qismlar, uzellar, agregatlar yoki umuman transport vositasini demontaj qilish, qismlarga bo‘lish va ta'mirlash, ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilmagan tashkilotlar tomonidan har qanday qo‘shimcha uskunalar, aksessuarlarni o‘rnatish, shuningdek, avtomobil konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bevosita yoki bilvosita sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklar va shikastlanishlar bo‘lsa va bu nuqson yuzaga kelishiga (bevosita yoki bilvosita) sabab bo‘lsa yoki nosozlik (nuqson)ning oshishiga olib kelsa;

- avtomobil qismlari, uzellari va agregatlaridagi nosozliklar va nuqsonlar, agar ishlab chiqaruvchining ularga qo‘ygan identifikatsiya belgisi bo‘lmasa yoki unga shikast yetgan bo‘lsa.

- ishlab chiqaruvchining vakolatli tashkiloti tomonidan aniqlangandan keyin bartaraf etilmagan yoki o‘z vaqtida bartaraf etilmagan nosozliklar, shuningdek, ishlab chiqaruvchi vakolat bermagan tashkilotlarda avtomobil bilan bog‘liq ishlarni bajarish natijasida yuzaga kelgan nosozliklar.

- ishlab chiqaruvchi vakolat bermagan, ya'ni uning rasmiy dilerlik tarmog‘iga tegishli bo‘lmagan tashkilotlarda amalga oshirilgan ta'mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatish, original bo‘lmagan ehtiyot qismlar, materiallarni ishlatish va ishlab chiqaruvchi tavsiya etgan ta'mirlash usullariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga keladigan nosozliklar.

- ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmaydigan yoki sifatsiz ekspluatatsiya materiallari, moylar, yoqilg‘ilardan foydalanish, shuningdek, ekspluatatsiya uchun zarur suyuqliklar tanqisligida ham avtomobilni ekspluatatsiya qilishda davom etish natijasida yuzaga kelgan nosozliklar. Ekspluatatsiya uchun zarur suyuqliklarining ular darajasi pasayishiga olib kelmaydigan izlarining paydo bo‘lishi ("terlash").

- tashqi yoritish moslamalarining ichki yuzasida va avtomobilning boshqa yopiq bo‘shliqlarida tabiiy jarayonlar natijasida namlik kondensatsiyalanganda.

- avtomobilning sarflanadigan komponentlari, shu jumladan yoqilg‘i-moylash materiallari va avtomobilning barcha tizimlari ekspluatatsion suyuqliklari, oynatozalagich cho‘tkalari, saqlagichlar, filtrlar, lampalar, o‘t oldirish shamlari, uzatma tasmalari va tegishli roliklar, shinalar, tormoz kolodkalari, disklar va barabanlar.

- mexanik, kimyoviy, issiqlik yoki boshqa tashqi ta'sirlar natijasida yuzaga kelgan nosozliklar va shikastlar, quyidagi hollarda:

yo‘l-transport hodisalari, zarblar, tirnalishlar, toshlar va boshqa qattiq narsalar tegishidan qolgan izlar, do‘l, uchinchi shaxslarning harakatlari;

atmosfera tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar, yo‘l yuzasi muzlashini oldini olish uchun ishlatiladigan vositalar, kimyoviy faol moddalar va o‘simliklardan olingan moddalar, shuningdek hayvonlar chiqindilarining ta'siri;

avtomobilni boshqarishda yo‘l qo‘yilgan noto‘g‘ri harakatlar, notekis yo‘l qoplamalarida ehtiyotsizlik bilan haydash yoki ruxsat etilgan normadan ortiq va avtomobil qismlariga, jumladan, transmissiya detallari, osma tizim, rul boshqaruvi, avtomobil kuzoviga haddan ortiq yuklanish tushadigan qilib yuk tashish;

fors-major holatlari (chaqmoq, yong‘in, suv toshqini, zilzila, harbiy harakatlar, terroristik hujumlar va boshqalar).

Avtomobilda aniqlangan nosozliklar bo‘yicha yakuniy qaror sotuvchi, ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining vakolatli tashkiloti tomonidan qabul qilinadi.

KAFOLATDAN QANDAY FOYDALANISH MUMKIN

RASMIY LADA SERVISIGA MUROJAAT QILING VA QUYIDAGI HUJJATLARNI TAQDIM ETING

Kafolat taloni
Servis kitobchasi
Ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi
Avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi hujjat

Nosozlik mavjudligini tasdiqlash uchun mashinani Rasmiy LADA servisiga taqdim eting

Avtomobil yurmayotgan bo‘lsa, joyida ta'mirlashni tashkil qilish yoki mashinani evakuatsiya qilish uchun eng yaqin Rasmiy LADA servisiga murojaat qilishingiz kerak.

Kafolat doirasiga kiradigan nosozlik mavjudligi tasdiqlansa, evakuatsiya uchun to‘lov Rasmiy LADA servisi hisobidan amalga oshiriladi.

Eng yaqin Rasmiy LADA servisini tezda topish uchun diler qidiruvidan foydalaning yoki LADA mijozlar xizmatining bepul telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling:

LADA mijozlar xizmati +998 71 215-02-30