Avtomobilchilar uchun yorqin voqeaOFFROAD MIX CHALLENGE

Avtomobilchilar uchun yorqin voqeaOFFROAD MIX CHALLENGE

29-may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, G‘azalkent shahri yaqinida yo‘ltanlamas avtomobillarning «Offroad Mix Challenge» musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Roodell kompaniyasi tomonidan doimiy hamkorlik doirasida taqdim etilgan Niva Legend va Niva Travel avtomobillarida musobaqada qatnashgan Horizon 4x4 jamoasi vakillari faxrli 2-o‘rinni egallashdi.


Musobaqa murakkab yo‘llarda poyga shaklida o‘tkazildi: ishtirokchilar turli to‘siqlar, loy chuqurliklar, tepaliklar va o‘tkir qiyaliklarni yengib o‘tishdi. Bu to‘siqlarni yenggan haydovchilar ma'lum bir nuqtaga yetib borishlari, yo‘ltanlamasdan tushishlari va maxsus bayroqqa tegish orqali poygani yakunlashi kerak edi. Barcha manipulyatsiyalar bajarilgandan keyingina hakamlar hay'ati ushbu harakat hisobga olinganligi to‘g‘risida ishtirokchiga belgi berishi mumkin edi.

Musobaqa ishtirokchilari to‘siqlardan 2 marta o‘tishlari kerak edi, shundan so‘ng ballar hisoblanib, g‘olib aniqlanishi kerak edi.

Roodell kompaniyasi nomidan Horizon 4x4 hamjamiyatining vakili Kamilov Alisher. LADA NIVA LEGEND avtomobilida qatnashib, faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

qaytish