LADA XRAY CROSS avtomobilidagi sovitiladigan quti

LADA XRAY CROSS avtomobilidagi sovitiladigan quti

LADA XRAY Cross saloni ko‘plab foydali elementlar bilan jihozlangan bo‘lib, ularning har biri avtomobildan kundalik foydalanish qulayligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu shahar tashqarisiga safarlar, xaridlar qilish uchun supermarketga borish yoki shahar bo‘ylab harakatlanish bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda har bir mayda-chuyda uchun salonda joy topilishi haydovchi uchun juda muhim.

 

Masalan, bahor kelishi bilan quyosh ostida qolgan avtomobil saloni qizishni boshlaydi, unga o‘tirgan odamda esa hamma oynalarni ochish yoki konditsionerni yoqish istagi tug‘iladi. Вunday paytda butilkachadagi suvni stakandonda qoldirmaslik kerak, aks holda quyoshda isib qolgan suvni ichishga to‘g‘ri keladi.

 

Bunday vaziyat uchun LADA XRAY Cross avtomobilida sovitiladigan buyumlar qutisi nazarda tutilgan bo‘lib, u salqin ichimliklar uchun optimal bo‘lgan havo haroratini bir maromda ushlab turadi va ular isib ketmaydi. Butilkalarni shu qutida qoldirsangiz, chanqog‘ingizni salqin suv bilan qondirish imkoni doim bo‘ladi.

 


LADA avtomobillarining boshqa foydali opsiyalari haqida sizga dilerlik markazlari menejerlari konsultatsiya berishadi, test-drayvga esa telefon orqali yozilishingiz mumkin: +998 71 215 02 30.

qaytish