LADA NIVA: afsonaviy yo‘ltanlamas 45 yoshda
5-aprel kuni hozir LADA NIVA Legend nomi berilgan «Niva» VAZ-2121 yo‘ltanlamasini ishlab chiqarish boshlangan kunning 45 yilligi nishonlanadi. O‘tgan vaqt ichida deyarli 2,5 million avtomobil ishlab chiqarildi, ulardan 700 mingtasi 100 dan ortiq davlatlarga eksport qilindi.
«Nivа» Volga avtozavodi muhandislari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan birinchi seriyali avtomobilga aylandi. Yo‘ltanlamas qishloqlarida yashaovchi aholi uchun avtomobil sifatida yaratilib, natijada butun dunyoda ommalashib ketdi. «Niva» avtomobilida o‘sha vaqt yo‘ltanlamaslari uchun mutlaq yangilik bo‘lgan texnik yechimlar kombinatsiyasi qo‘llangan. Bu tutib turuvchi kuzov, differensialli doimiy to‘liq uzatma, yuqori aylanmalarga ega motor, mustaqil old osma tizim va old disk tormozlari. Yuqori darajadagi o‘tuvchanlik xususiyati va qulay salon uyg‘unligi «Niva» avtomobilini krossoverlarning zamonaviy klassi asoschilaridan biriga aylantirdi.
LADA NIVA Legend sayyoramizning eng uzoq yashovchi avtomobillari qatoriga kiradi. Ishlab chiqarilgan yillari davomida u sayyoramiz mintaqalarini zabt etdi, uch marta «Parij-Dakar» rallisi podiumiga kirdi va yuzlab filmlarda tasvirga olindi. Avtomobil bir necha marta modernizatsiya qilingan: yangi xavfsizlik va qulaylik tizimlari yaratildi, zamonaviy harakatlanish sharoitlarida boshqaruvchanlikni oshirish uchun shassi qayta ishlandi. Shu bilan birga, barcha o‘zgarishlar yo‘ltanlamasning klassik, tanish va xarizmatik uslubiga uzviy mos tushgan. Konstruktiv yangilanishdan tashqari, LADA NIVA Legend ishlab chiqarilish joyini ham butunlay o‘zgartirdi: avtomobilni payvandlash, bo‘yash va yig‘ish zamonaviyroq liniyalarga ko‘chirildi. Bu kuzov tayyorlash jarayonlarini sezilarli darajada avtomatlashtirish, bo‘yovchi robotlar va zamonaviy yig‘ish tamoyillarini qo‘llash imkonini yaratdi – bularning barchasi avtomobil sifati va ishonchliligining yuqori darajasini ta'minlash uchun qilindi.
qaytish