CHEK-LIST: MASHINANI KUZGA QANDAY TAYYORLASH KERAK

CHEK-LIST: MASHINANI KUZGA QANDAY TAYYORLASH KERAK

Yomg‘ir va sovuq mavsumi boshlanguniga qadar avtomobildagi barcha nosozliklarni bartaraf etish kerak, negaki ular qishda yanada kuchayib, yo‘llarda avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin. Ob-havoning o‘zgarishi avtomobilning barcha uzel va agregatlariga ta'sir ko‘rsatadi. Kuzov detallarining zaif himoyalangan joylari hamda simlar va tashqi elektr uskunalari kabi harorat va namlikka bog‘liq bo‘lgan elementlarga kuz-qish mavsumida ayniqsa ko‘p ziyon yetadi. Salbiy oqibatlarning oldini olish uchun sovuq tushishidan oldin qator diagnostik ishlarni o‘tkazish, avtomobilingizning eng zaif joylarini tekshirib olish kerak:

Oynatozalagichlarni tekshiring. Harakatlanish xavfsizligi atrof qanchalik yaxshi ko‘rinishiga bevosita bog‘liq. Ayniqsa, ob-havo sharoiti doim ham qulay bo‘lavermaydigan kuz mavsumida. Hazonrezgi va yomg‘irlar avtomobilning old oynasi tozaligiga ta'sir qiladi. Tozalanmagan yuza ko‘zga ko‘rinmaydigan maydon hosil qilib, mashina, yo‘lovchi yoki yo‘ldagi boshqa to‘siqni berkitib qo‘yishi mumkin.

Kuzov holatini baholang. Avtomobildan faol ravishda foydalanilganda yo‘lda tosh sachrashi oqibatida kuzovda yoriq va tirnalgan joylar paydo bo‘ladi. Yozda avtomobil kuzoviga korroziya katta xavf solmasa ham, yomg‘irli mavsumda vaziyat tubdan o‘zgaradi. O‘z vaqtida bartaraf etilmagan tirnalgan va qirilgan joylarda zanglash yuzaga kelishi mumkin. G‘ildirak arkalari, qanotlar va kapot chetlarida shikastlangan joylar bor-yo‘qligiga alohida e'tibor qaratish zarur. Aynan shu elementlar yo‘ldagi sharoitdan eng ko‘p aziyat chekadi.

Faralar va chiroqlarni tekshiring. Kuzda nafaqat ob-havo, balki kunning yorug‘ qismi davomiyligi ham o‘zgaradi. Bu vaqtda tuman tushishi ham ko‘payadi. Вunday sharoitda harakatlansh chog‘ida atrofni ko‘rish imkon qadar yuqori bo‘lishi uchun yoritish moslamalari ideal darajada ishlashi kerak. Shuning uchun ham, kuz kelishi bilan barcha yoritish moslamalari, jumladan, tumanga qarshi faralar sozligini tekshirib ko‘rish shart.

Akkumulyatorni almashtiring. Akkumulyator sozligi va quvvat oldirilganligiga ishonch hosil qiling, shunda sovuq tushganida noxush vaziyatga tushib qolmaysiz.



Rezinali zichlovchi qismlar holatini baholang. Agar ular eskirgan bo‘lsa, tirqishlaridan suv o‘tishi, salonda namlik, o‘rindiqlar va shiftda esa — dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Bu faqat eski mashinalarga tegishli emas, hatto yangi avtoda ham ushbu elementlarga ziyon yetgan bo‘lishi mumkin.

Konditsioner va isitish tizimi ishi sozligini tekshirib ko‘ring. Salqin va nam kuz havosida konditsioner huddi yoz jaziramasidagidek katta foyda beradi. Konditsioner salonni sovitibgina qolmasdan, balki oynalar terlashining oldini ham oladi. Salonni isitishga keladigan bo‘lsak, bu yerda hammasi kundek ravshan: agar pech yaxshi isitmasa, avto safarlaringiz juda noqulay bo‘ladi. Radiator kirlanib qolmaganmi, isitilgan havo har tarafdan birdek chiqayaptimi — tekshirib ko‘ring.

Tormoz tizimi va harakatlanish qismini tekshiruvdan o‘tkazish ham ortiqchalik qilmaydi. Yo‘lda o‘zini qanday tutishi noma'lum bo‘lgan avtomobil, yo‘l harakatining barcha ishtirokchilari uchun katta xavf tug‘diradi.



Agar bu maslahatlarning barchasiga amal qilsangiz, kuz mavsumi siz va avtomobilingiz uchun noxush vaziyatlar tug‘dirmasligidan xotirjam bo‘lishingiz mumkin. Aytgancha, bu ishlarning barchasini o‘zingiz qilishingiz shart emas. Butun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan ishonchli LADA avtoservislarida bu ishlarni mohirona va operativ ravishda bajarib beradigan professional mutaxassislarni osongina topishingiz mumkin.

Diagnostikaga shahringizdagi rasmiy dilerlik markazlari yoki telefon orqali yozilish mumkin: +998 71  215 02 30.

qaytish