Toshkent viloyatida «LADA NIVA – 45 yosh!» avtomobil festivali bo‘lib o‘tdi
10-aprel kuni, Toshkent yaqinida, keyinchalik nomi so‘ngiga Legend qo‘shimchasini olgan LADA NIVA ishlab chiqarilishi boshlanganligining 45 yilligiga bag‘ishlangan avtofestival bo‘lib o‘tdi. LADA brendining O‘zbekistondagi taqdimotchisi bo‘lgan «Roodell» Kompaniyasi, «Extreme Tourism Park» va O‘zbekiston ekstemal va tog‘ turizmi federatsiyasi ko‘magida festival tashkilotchisiga aylandi. Вayramona tadbirda, qalbi keng afsonaviy yo‘ltanlamas Niva ishqibozlari klubidan LADA Niva Legend va Niva Travel avtomobillari sohiblari sirasidan bo‘lgan, jami 45 kishi ishtirok etishdi.
G‘oliblarni pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar kutgan GPS-orientirlanish bo‘yicha musobaqalar dasturning avj pallasiga aylandi. Shuningdek, pilot va shturman uchun mo‘ljallangan sport-ko‘ngilochar tanlovlar ham tadbirdan alohida o‘rin egalladi, unda LADA haydovchilari o‘z mahoratlari va jamoaning birdamligini tekshirib ko‘rish hamda eng yaxshi haydovchi nomi uchun kurashish imkoniga ega bo‘lishdi.
Bundan tashqari, barcha xohlovchilarni bayram logotipi tushirilgan aerostat havoga ko‘tardi.
O‘zbekiston – AVTOVAZ uchun eng muhim eksport bozorlaridan biri bo‘lib, LADA brendi respublikada juda yaxshi tanish. «Roodell» bilan hamkorlikning yangi bosqichi mijozlarga zamonaviy avtomobillar va sifatli servis taqdim etgan holda, LADA'ning mamlakat bozoridagi ravnaqini qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili AVTOVAZ O‘zbekistondagi Jizzax erkin iqtisodiy hududida joylashgan Jizzax-ADM zavodida «Roodell» bilan birgalikda LADA avtomobillarini seriyali yig‘ish boshlanishi haqida e'lon qildi. Yig‘ish jarayoni, AVTOVAZning uskunalar, texnologik jarayonlar va sifatga qo‘ygan talablariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.
O‘tgan yili o‘zbek bozorida dilerlik markazlari 4000 dan ziyod LADA avtomobillarini sotishga muvaffaq bo‘lishdi.
qaytish