ADM Jizzax xalqaro ISO sertifikatini oldi

ADM Jizzax xalqaro ISO sertifikatini oldi

Roodell kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi ADM Jizzax zavodi ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimiga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi jurnalist va blogerlar bilan birgalikda ADM Jizzax avtomobil zavodiga media-tur tashkil etdi. Media-tur davomida mustaqil ekspertiza, nazorat, sinov va sertifikatlashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi Shveysariyaning SGS kompaniyasiga ishlab chiqarish jarayonida menejment va sifat tizimlari bo‘yicha ISO sertifikati rasman topshirildi.


SGS inspeksiya, ekspertiza, sinov va sertifikatlashtirish xizmatlari bo'yicha jahon yetakchisi hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya sifat va professional etikaning jahon standarti sifatida tan olingan.

ISO 9001 – bu amaldagi sifat menejmenti tizimining xalqaro standartda belgilangan talablarga to‘liq muvofiqligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir.

Shuni ta'kidlash kerakki, sifat menejmenti tizimi uchun olingan sertifikat yakuniy natija emas, chunki standart talablaridan biri uni doimiy ravishda takomillashtirish va samaradorligini oshirishdir. Kelgusida ADM Jizzax zavodida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifatini ishlab chiqarishga yanada zamonaviy yondashuvlarni hisobga olgan holda muntazam yangilab borish rejalashtirilgan. Ana shunday sharoitdagina sifat menejmenti tizimi samarali ishlaydi va ijobiy natija beradi hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ishonchli avtomobillar O‘zbekiston Respublikasida xaridorlarga taqdim etiladi.

qaytish