Lada Vesta NG («New Generation») ishlab chiqarilishi boshlandi

Lada Vesta NG («New Generation»)  ishlab chiqarilishi boshlandi

2022-yil 22-fevral kuni «LADA Ijevsk» avtozavodi konveyeridan seriyali yangi avlod LADA Vesta avtomobillarining birinchisi chiqdi. Ishlab chiqarishni boshlash bilan bir vaqtda LADA avtomobil eksteryerini rasman oshkor etdi. Seriyali yangi avlod avtomobillarining birinchisi yangi tillasimon «Garfild» emaliga bo‘yalgan maksimal komplektatsiyadagi LADA Vesta SW Cross avtomobili bo‘ldi

 

Eksteryer

Yangilangan Lada Vesta NG avvalgisiga nisbatan biroz uzunroq. Endi avtomobil uzunligi 4440 millimetrdan iborat. Qo‘shimcha uzunlik to‘lig‘icha yangi bamperlarga ajratilgan bo‘lib, ularga yanada agressiv shakl berilgan. Bundan tashqari, mashhur «X-feys» ning xromlangan elementlari endi asosiy optikaga ham biriktirilgan, buning ustiga asosiy optikaning o‘zi ham yangilangan. «Vesta» bazaviy komplektatsiyasidagi faralar oldingidek diodli yurish chiroqlariga ega galogenli ekanligicha qolgan, katta komplektatsiyalarda esa endi to‘lig‘icha diodli asosiy yoritish tizimi mavjud. Xuddi shu narsa orqa chiroqlarga ham tegishli. Umuman olganda, restaylingdan keyin avtomobil tanib bo‘lmas darajada o‘zgarmagan, ammo biroz pastroq va agressiv ko‘rinishga ega bo‘lgan.

 

 

 

Interyer

 

Yangilangan Lada Vesta NG interyeri hozircha qattiq sir saqlanmoqda, negaki zavodda taqdim etilgan ko‘rgazmali namuna eshiklari yopiq holda namoyish etildi va salonni faqat oynalar orqali ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik xolos.

Ammo, yangi avtomobilning rasmiy taqdimotigacha ma'lum bo‘lgan dalillar, umuman olganda, o‘z tasdig‘ini topdi. Аvtomobil modernizatsiyalangan old panelga ega bo‘lgan, uning markaziy konsolini esa so‘nggi Volvo va Tesla modellaridagiga o‘xshash vertikal orientatsiyadagi tachskrinli yangi mediatizim bezab turibdi.

Bundan tashqari, «Vesta» yangi asboblar paneliga ham ega bo‘ldi. U boshqacharoq, yanada ko‘proq ma'lumot taqdim etuvchi dizaynga ega. Taxometr va spidometr shkalalari orasida esa bort kompyuterining ixcham displeyi joylashgan bo‘lib, unda avtomobil haqida avvalgiga nisbatan ko‘proq ma'lumot aks ettiriladi

 

 

 

Теxnik tarkibi va xususiyatlari

Texnik tarkib borasida hech qanday kutilmagan o‘zgarishlar yo‘q. Vesta NG o‘zgartirishgacha qanday kuch agregatlari bilan jihozlangan bo‘lsa, bundan keyin ham o‘sha tarkib qoladi.

Tez orada, yangi Vesta NG O‘zbekiston bozoriga ham olib kelinadi. Savdoga chiqarish 2022-yil kuz oylariga rejalashtirilgan.

 

 

qaytish